MIB: Samarqand shahrida boshqaruv servis kompaniyalari (shirkat)ga uch kunda 600 million so‘mlik qarzdorlik undirildi

Majburiy ijro byuroning viloyat boshqarmasi xabariga ko‘ra, uch kun ichida viloyat bo‘yicha 800, Samarqand shahri bo‘yicha 600 million so‘mlik qarzdorlik undirilgan.

Boshqaruv tomonidan mavjud qarzdorliklarni kamaytirish borasida joylarda va aholi o‘rtasida kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash kerakligi to‘g‘risida keng qamrovli tushuntirish ishlari hamda undiruvlar tashkil etilgan.

Byuroning viloyat boshqarmasi inspektori Shahrom Jo‘rayevga ko‘ra, undiruvlarning asosiy qismi davlat ijrochilari tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining tegishli ijro hujjatlari asosilda bo‘lib, ijro hujjatlari amalda tamomlanmoqda.