Milanda 500 yil mobaynidagi eng kuchli zilzila yuz berdi
Milanda sodir bo‘lgan zilzila so‘nggi 500 yil mobaynidagi eng kuchli zilzila hisoblanadi. Bu haqda Italiyaning milliy geofizika va vulkanologiya institutining Milan filiali rahbari Lyuchiya Ludzi so‘zlarini Corriyere della Sera gazetasi keltirmoqda.
Zilzila epitsentri 56 kilometr chuqurlikda bo‘lib, shahardan atigi 6 kilometr uzoqlikda joylashgan. Zilzila kuchi Rixter shkalasi bo‘yicha 3,9 ballni tashkil etdi. Zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar va vayrongarchiliklar yo‘q.
Ludzining so‘zlariga ko‘ra, Milan atrofida kuchli zilzilalar juda kam uchraydi. "Agar ushbu mintaqadagi zilzilalar tarixiga nazar tashlasak, ayni paytda ro‘y bergani bilan bir xil bo‘lgan zarbalar 500 yil oldin qayd etilgan. O‘sha paytda zilzila epitsentri Milanda bo‘lib, uning kuchi 3,7 ballga yetgan. Shuningdek, magnitudasi taxminan 5 ballga teng bo‘lgan qattiqroq zilzilalar 1396 yilda Monza va boshqa qo‘shni hududlarda sodir bo‘lgan. 1918 yilda Pemont viloyati chegarasida yana bir kuchli zilzila sodir bo‘lgan. O‘shanda silkinish kuchi 4,6 ballni tashkil etgan edi», deya izoh berdi u.