Milanda Sharif Samatov nomida ko‘cha bor
Xuddi shunday, Yugoslaviya xalq ozodlik armiyasi saflariga kirgan boshqa millatlar qatorida o‘zbek o‘g‘lonlari ham qahramonliklar ko‘rsatgan. Ozodlik ko‘ngillilar korpusi otryadining jangchisi sifatida samarqandlik Sharif Samatov ham ushbu armiya safida xizmat qilgan. U otryadda razvedkachi, bo‘linmaga boshchi bo‘lgan. Urushdagi qator operatsiyalarda faol ishtirok etayotgan payti Sh.Samatovni "eses"chilar qo‘lga tushirib, "San-Vittore" qamoqxonasiga tashlashdi. Bu yerda u barcha qiynoqlarga dosh berib, do‘stlarini oshkor etmadi. 1945 yilning 1 mayida fashistlar uni otib o‘ldirishga hukm qilishgan. Bu orada Italiya milliy ozodlik harakati xalqni g‘alayonga chorlab, mamlakatning shimoliy hududlarini ozod qiladi. Ular qatorida og‘ir ahvolda bo‘lgan Sharif Samatov ham omon qoladi. Italiya harbiy gospitalida davolanib chiqqach, O‘zbekistonga qaytadi.
Uning qahramonliklari munosib taqdirlangan. Italiyaning Milan shahridagi ko‘chalarning biriga Sharif Samatov nomi berilgan. Ona shahri Samarqandda ham uning nomidagi ko‘cha mavjud.
Uning farzand, nabiralari har doim bobosi aytib bergan urush qiyinchiliklarini xotirlashadi, u kishi bilan faxrlanadi.
Adolat SAMATOVA.