“Milliy gvardiya boshqarma boshlig‘i kubogi” g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yillik bayrami munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Samarqand viloyati TAEKWONDO-ITF federatsiyasi bilan hamkorlikda Toyloq tumanidagi BO‘SMda sportning taekvndo turidan Samarqand “Milliy gvardiya boshqarma boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Unda 2004-2017 yilarda tug‘ilgan Farg‘ona, Toshkent, Sirdaryo, Buxoro hamda Samarqand viloyatlari o‘g‘il-qizlari o‘rtasida 12 ta vazn toifasida bahslashdi.

Musabaqa natijasiga ko‘ra, umumjamoa hisobida birinchi o‘rin samarkandlik yoshlarga, ikkinchi o‘rin farg‘onalik yoshlarga va uchinchi o‘rin Sirdaryo viloyati yoshlariga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchilari tomonidan munosib taqdirlandi.