Milliy gvardiya xodimlari dezinfeksiya qilishga safarbar etildi

Bugun Samarqand tumanidagi Gulobod shaharchasida "Birga kurashamiz, birga yengamiz" shiori ostida erta tongdan dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.

Samarqand viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi maxsus bo‘linmasi harbiy xizmatchilari tomonidan shaharchaning markaziy ko‘chalari, oziq-ovqat do‘konlari, umumiy ovqatlanish maskanlari, bekatlar va ko‘p tarmoqli tibbiyot shifoxonasining yon atrofi, chiqindixonalar dezinfeksiya qilindi.

- Mazkur tadbir viloyatning barcha hududlarida bo‘lib o‘tmoqda. Bu esa koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan eng asosiy vazifalardan biridir, - deydi mayor Jahongir Po‘latov.