Mini futbol: “Boshqarma boshlig‘i kubogi” nurobodliklarga nasib etdi
Samarqand shahrida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari hamda viloyat tashkilotlari xodimlari o‘rtasi o‘tkazilgan mini futbol bo‘yicha “Boshqarma boshlig‘i kubogi” turnirining final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
15 kun davom etgan musobaqaning final bosqichida Jomboy, Nurobod, Toyloq, Payariq tumanlari xalq ta’limi bo‘limlari hamda Samarqand shahridagi 59- va 60-maxsus maktab-internatlari jamoalari bellashdi.
Yakuniy bahsda Nurobod va Jomboy tumani xalq ta’limi bo‘limlarining jamoalari o‘zaro bellashdi. Unda Nurobod tumani jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va “Boshqarma boshlig‘i kubogi” sovrindori bo‘ldi.
Ikkinchi o‘rin Jomboy tumani xalq ta’limi bo‘limi va uchinchi o‘rin 59-maxsus maktab-internati jamoalariga nasib etdi.
Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa a’zolariga diplom va esdalik sovg‘alar hamda viloyat kasaba uyushmasi tomonidan Xorazm viloyatiga uch kunlik bepul sayohat qilish uchun maxsus sertifikat topshirildi.
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.