Mini futbol va voleybol: maydonda kasaba uyushma ishchi-xodimlari

11 noyabr - O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Samarqand viloyati kengashi tomonidan tashkilot, korxona va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol va voleybol turi bo‘yicha viloyat musobaqasi tashkil etildi.
Sport tadbirida viloyat kengashi raisi S.Rafiqov sport ishtirokchilarini sana munosabati bilan tabrikladi va tizimdagi o‘zgarishlar haqida qisqacha ma’lumot berdi.
Sport tadbirida 16 ta jamoada 200 nafarga yaqin xodim o‘zaro bahs olib bordi. Qiziqarli o‘tgan musobaqaning mini-futbol turida birinchi o‘rinni ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmalari Nurobod tuman bo‘linmasi jamoasi barchadan tengsiz ekanligini isbotladi. Ikkinchi o‘rinni Markaziy bank xodimlari jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmalari Ishtixon tuman bo‘linmasi jamoasi egalladi.
Voleybol bo‘yicha ta’lim va fan kasaba uyushmalari Samarqand shahar bo‘linmasi jamoasi birinchi o‘rinni band qildi. Ikkinchi o‘rinni ta’lim va fan kasaba uyushmalari Nurobod tuman bo‘linmasi jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmalari Ishtixon tuman bo‘linmasi jamoasiga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar viloyat kasaba uyushmalari kubogi, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Baxtiyor Turobov.