Minskdagi bayram salyuti baxtsiz hodisa bilan tugadi

Kecha, 3 iyul kuni Minskda bayram salyuti vaqtida noxush voqea yuz berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mushakbozlik paytida bir nechta mushak yerga tushib portlaganini ko‘rish mumkin. Shunda uning bir uchquni ayolning bo‘yniga kelib tushgan va u voqea joyida vafot etgan. O‘n kishi yaralangan va ularga tez yordam ko‘rsatilgan.
Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ma’lumot uchun, har yili 3 iyul sanasida Belarus Respublikasi Mustaqilligi kuni sifatida nishonlanadi. Kuni kecha Belarusda keng tantana qilingan ushbu bayram munosabati bilan harbiy parad bo‘lib o‘tgan. Kechga yaqin bayram munosabati bilan mushakbozlik uyushtirilgan.