Minskdagi norozilik aksiyalarida hibsga olish boshlandi

Bu haqda Tut.by Telegram kanali xabar bermoqda.

Odamlar shaharning turli nuqtalaridan politsiya bo‘limlariga – shimoli-g‘arbdagi Myastrovskaya ko‘chasi, «Kovalskaya Sloboda» metro stansiyasi, «Zvezda gazetasi» prospektining janubi-g‘arbiy qismidan, Suxarevo tumani va Stoletova ko‘chasidan olib kelingan. Soat 14:30 gacha 35 nafarga yaqin fuqaro hibsga olingani ma’lum bo‘ldi.

Ommaviy hibsga olishdan qochish uchun namoyishchilar shahar markazida emas, balki uylari oldidagi ko‘chalarda to‘planishmoqda.

Bundan tashqari, rossiyalik jurnalistlar, RIA Novosti va «Interfaks» vakillari hibsga olingani haqida ma’lum qilindi. Ammo hujjatlari tekshirilgach, ular ozod etildi.

Kecha, 6 dekabr kuni Belarusda muxoliflarning «Ozodlik marshi» aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Tushki soat 12:00 dan boshlab xavfsizlik kuchlari Minsk markazi va poytaxtning boshqa hududlarini o‘z nazoratiga ola boshladi.

Ma’lumki, Belarusda 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan so‘ng boshlangan ommaviy norozilik namoyishlari to‘rt oydirki, nihoyasiga yetmayapti. Rasmiy natijalarga ko‘ra, oltinchi muddatga saylangan Lukashenko 80 foiz ovoz olgan. Qarshilar saylovlar soxtalashtirilgan deb hisoblamoqda.