«Morro Kasl» halokati
Dengizlarda inson omili tufayli ham fojialar ro‘y berib turadi. 1934 yilda, ya’ni «Titanik» voqeasidan 22 yil o‘tib, yo‘lovchi poroxod bilan xuddi shunday falokat sodir bo‘ldi. 1934 yil 8 sentyabr kechasi efirda uch marta halokat signali tarqaldi. Radist kema nomini aytib, koordinatorlarini ma’lum qildi. Keyin aloqa uzildi.
«Titanik» halokatidan keyin kemasozlik saboq chiqarib yangi kemalarni maksimal xavfsiz qurilishini ta’minladi. Masalan, shunday intilish natijasida «Morro Kasl» kemasi yong‘inga qarshi eng ishonchli uskunalar bilan jihozlandi. Shunga qaramay kemada yong‘in sodir bo‘lganda negadir boshlangan olovni o‘chirish imkoni bo‘lmagan.
Ertasi kuni Asberi-Park kurort shahri qirg‘og‘iga ikkita jasad oqib keldi. Ma’lum bo‘lishicha, ulardan biri - matros orqasidan ikkita o‘q yegan, ikkinchisi - zobit cho‘kib o‘lgan. Uning cho‘ntagidan to‘pponcha topilgan, unga ikkita o‘q yetishmagan. Yo‘lovchilarning ro‘yxati tuzilgach 108 ekipaj a’zosidan atigi 6 kishi, 318 yo‘lovchidan 134 nafari halok bo‘lgani aniqlangan.
Bir necha kundan keyin sug‘urta agentlari millioner xonim K.Marissoning 2,5 million dollarga sug‘urta qilingan qimmatbaho buyumlarini izlash uchun kema bortiga tushishgan, uning kayutasi ochiq, seyf bo‘m-bo‘sh edi. Millioner xonim ko‘pchilik yo‘lovchilar singari cho‘kmagan, balki o‘ldirilgan. O‘z to‘shagida yonib ketgan.
AQSh federal razvedka byurosi fojia jinoyat natijasi ekanligini tasdiqladi: komanda a’zolaridan kimdir millioner xonimning xonasiga kirgan, uni qimmatbaho buyumlarini ko‘zdan kechirayotganini ko‘rib, o‘ldirgan. Kapitan buni bilib qolgan, qotilni chaqirib, qimmatbaho buyumlarni qaytarishni talab qilgan, aks holda portga borgach, uni o‘lim jazosi kutishini aytgan. Ammo qotil kapitanni ham ayamagan, o‘ldirib suvga uloqtirgan. Jinoyat izini yashirish uchun kemaga o‘t qo‘ygan.
Tirik qolgan ekipaj a’zolari – gumon qilingan kapitan yordamchisi, bort injeneri tergov qilingan, biroq ularni jinoyatga daxldorligi isbotini topmagan. Shu tariqa yuzdan ziyod insonni hayotdan olib ketgan fojia sirligicha qolgan.
Rus tilidan T.Shomurodov tarjimasi.