“Leningrad-Toshkent-Samarqand: g‘alaba yo‘lida”

Poytaxtimizda YUNESKO Fan, madaniyat, ta’lim va san’at arboblari xalqaro assotsiatsiyasi tashabbusi bilan shu mavzuda konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Leningrad qamalining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda o‘zbekistonlik fan, madaniyat va san’at namoyandalari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Tadbirni assotsiatsiya prezidenti Aleksandr Koshurko ochdi va o‘zi vakillik qilayotgan tashkilot faoliyatiga to‘xtalib, kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berdi. O‘zbekistonlik olimlar bilan hamkorlik haqida gapirib, bunday anjuman qadimiy Samarqandda ham o‘tkazilganini ta’kidladi.

Taniqli o‘zbekistonlik san’atkor Muhammad Foziliy, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti professori Saxovat Ojiyev, ustoz Sulton Xankishiyev va boshqalar o‘z chiqishlarida O‘zbekiston ilmiy doiralarining assotsiatsiya bilan hamkorligi haqida so‘z yuritib, kelgusida munosabatlar yanada rivojlanib borishiga ishonchini ta’kidlashdi.

Tadbirda Aleksandr Koshurko Saxovat Ojiyev va Mahammad Foziliyga tashkilotda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi unvoni berilgani munosabati bilan tegishli guvohnoma va ko‘krak nishoni, usta Aliasqar Juxtarovga assotsiatsiyaga a’zolik guvohnomasi topshirildi.

Tadbir yakunida Saxovat Ojiyev Aleksandr Koshurkoga Bokudagi “Mutarjim” nashriyotida chop etilgan “Vatan sog‘inchi” nomli she’riy to‘plamini sovg‘a qildi.