“Moskva-Farg‘ona” samolyotida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
- 11.11.2019 09:57
- 522
- Hodisa
Mamlakatimizning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019 yilning 8 noyabr kuni “Moskva – Farg‘ona” yo‘nalishidagi "Ural Airlines" aviakompaniyasi samolyoti parvozi chog‘ida O‘zbekiston fuqarosi G.T. o‘zini yomon his qildi.
Oqibatda Samara shahrining "Kurumoch" aeroportida favqulodda qo‘nishga qaror qilingan. Samolyot reanimatsiya va tez tibbiy yordam mashinalari bilan kutib olindi. Afsuski, G.T. shifokorlar kelguniga qadar vafot yetdi.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va marhum tanasini vatanga qaytarish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.