Moskvada shifokorlar erkakning burnidan 50 yil turgan tangani chiqarib olishdi

Bu haqda Moskva sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Moskva oblastining Zelenograd shahrida yashovchi 59 yoshli bemor poliklinikadagi otoloringologga burnidan nafas ololmayotgani haqida shikoyat qilgan. Kompyuter tomografiyasi o‘ng tomondagi burun yo‘lini tosh zichligidagi begona jism butunlay to‘sib qo‘ygani va orqa qismdagi burun-halqumga yaqinroq joyda yumaloq narsa borligini ko‘rsatdi. Unda, shuningdek, burun pardevori egriligi ham aniqlandi.

Фото пресс-службы ГКБ им. Кончаловского

Faqat tomografiyadan so‘nggina bemor bolaligida bir tiyinlik tangani burniga tiqib qo‘yganini esladi. U onasiga bu haqda aytishdan qo‘rqib, keyinchalik butunlay unutib qo‘ygan. Yelena Nepryaxina rahbarligidagi tajribali mutaxassislar endoskopik operatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bir yarim soat davom etgan operatsiya umumiy intubatsion behushlik (narkoz) ostida o‘tkazildi, deyiladi xabarda.