Muallim!
Ustozdir dildagi ajib ehtirom,
Ustozdir tildagi eng shirin kalom.
Umrimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shgan chiroy,
Ustozdir u bilan oboddir inson.
G‘aflat dunyosidan uyg‘onadi dil,
Mehringiz taftini tuyib bir nafas.
Siz sochgan ziyodan yashnaydi ko‘ngil,
Sizga tahsin aytish-eng chiroyli qarz!
Sizga ta’zim aylar butun bir ochun,
Yurgan yo‘lingizda poyondoz gullar.
Shafaq ham sizni deb sochadi yog‘du,
Sizga ta’zim deyman, sizga ustozlar!
Beqiyos kuylarning navosi bu-Siz,
Dillarning farahli safosi bu-Siz,
Yetuklik yo‘lida yorug‘ bir quyosh,
Borliqning musaffo havosi bu-Siz!
Sizning kulishingiz bir nurga qiyos,
Kulsangiz dunyolar yorishib ketar.
Hilol koshonasi bo‘lmish samoda,
Sizning yulduzingiz porlasa yetar!
Sizni ardoqlamoq saodat dilga,
Sizni e’zozlamoq eng buyuk sharaf.
Istagim-bundayin inoyat, baxtga,
Har bir komil inson bo‘lsin musharraf!
Ismatulla Yo‘ldoshev