Muddat tugamoqda: Tramp so‘nggi ogohlantirish berdi va Eron sohillariga harbiy kuchlarni yubordi
Eronga qarshi harbiy operatsiya deyarli muqarrar tus olmoqda. AQSh prezidenti Eron tomon «ulkan armada» — «Avraam Linkoln» aviatashuvchisi boshchiligidagi katta harbiy flot ko‘chirilayotganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu flot avval Venesuela sohillari yaqinida joylashtirilgan kuchlardan ham kattaroq. Prezident ta’kidlashicha, mazkur guruh tayyor va maksimal kuch bilan juda tez harakat qilishga qodir».
Tramp, shuningdek, Tehron hali ham «muzokaralar stoliga kelish» va Vashington shartlari asosida kelishuvga erishish imkoniyatiga ega ekanini ta’kidladi. Aks holda, keyingi zarba avvalgisidan «ancha og‘irroq» bo‘lishini bildirdi.
Agar AQSh zarba bersa, asosiy kuch aynan aviatashuvchi harbiy guruh bo‘ladi.
Eron rasman tahdidlarni rad etdi va o‘zini himoya qilishga tayyorligini bildirsa-da, o‘zaro hurmatga asoslangan muloqot talab etmoqda.
Mintaqaviy mamlakatlar va xalqaro hamjamiyat vaziyatning keskinlashuvidan xavotirda va to‘liq ko‘lamli mojaro xavfini ta’kidlamoqda.