Muhammad Alining ilohiy kuchi

1965 yil fevral oyida amerikalik mashhur bokschi Kassius Kley musulmon bo‘ldi. Shundan so‘ng ismini Muhammad Ali deb o‘zgartirdi.

U asr sportchisi, insoniyat tarixidagi eng kuchli va eng tez musht sohibi, kuchi 1000 kilogrammga teng edi. Ko‘pchilik uning kuchli sportchi ekanini biladi. Ammo qalb kuchini hamma ham bilmaydi.
Muhammad Ali Vetnam urushiga borishdan bosh tortdi. Matbuot anjumanida: «Vetnam urushiga bormayman. Biz musulmonlar faqat Alloh uchun jang qilamiz. Nima uchun tanimagan kishilarim bilan urishishim kerak? Nima uchun meni biror marta ham “qora tanli” deb ayblamagan odamlarga qarshi jangga kirishim kerak?!», dedi.

Oqibatda undan mukofotlari tortib olindi. Uch yil boks tushish man qilindi.
Oradan yillar o‘tib, 1970 yilda jahon chempioni bo‘ldi. Qo‘lida milliondan ortiq amerikalik imon keltirdi. Qur’on chop qilish, diniy-ma’rifiy kitoblar nashr etish uchun 200 million dollar ajratdi. Uyini masjid va Qur’on o‘rgatiladigan madrasaga aylantirdi. Chikagoda o‘z hisobidan katta masjid qurdi.

1990 yili Oq uyda SSSR prezidenti Mixail Gorbachyovga Mushaf sovg‘a qilib, uni Amerika prezidenti katta Jorj Bush oldida Islomga chaqirdi. Gollivudda mashhurlar ismi yerdagi marmarga tushirilgan. Lekin Muhammad Ali o‘z ismini yerga yozishlariga qarshi chiqib: “Payg‘ambar ismi oyoq ostiga yozilmaydi!”,- dedi. O‘zining talabiga ko‘ra birgina Muhammad Ali ismi yerga emas, yo‘lak devoriga yozildi. Bugun faqat Gollivudda uning ismini qadamlar toptamaydi.

"Qalblardan so‘rang" kitobidan.

***

Suratda: Muhammad Alining 1978 yilda Samarqand shahriga kelgan payti.