Munosabat: Ulug‘ Tursunov ko‘chasidagi chiqindilar olib ketildi
Kecha Samarqand shahri Ko‘ksaroy mahallasining Ulug‘ Tursunov ko‘chasida chiqindilar to‘planib yotgani haqida xabar berilgandi.
Samarqand shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat bartaraf etilgan.
“Xabarda aytilgan muammo mutasaddi tashkilotlar tomonidan tezda nazoratga olinib, chiqindilar shu zahoti maxsus texnikalar yordamida olib ketildi. Shu o‘rinda hamshaharlarimiz va shahrimiz mehmonlaridan chiqindi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlari va chiqindilarni belgilangan joyga tashlashlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi boshqarma xabarida.