Murojaatchi nomiga ochilgan hisobraqamga pul mablag‘lari ko‘chirib berilgan, unga tegishli uy-joyda buzish ishlari boshlangan

Ijtimoiy tarmoqlarda «Hokimiyat 1,2 milliard so‘mga baholangan uyimizni 570 million so‘m evaziga buzib tashlayapti» mazmunida video ma’lumot tarqaldi.
Byuroning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha shahar sudining 2020 yil 25 avgustdagi da’vogar Samarqand shahar hokimligi zimmasiga javobgar Sanayeva To‘xtatosh Shermuxammedovnaning buzilishga tushgan uy-joyiga tovon tariqasida mutanosib 594.662.325 so‘m to‘lash va shahar markazidan 158,81 kvadrat metr yer maydoni ajratib berish majburiyati yuklatilgan.
Javobgar T.Sanayevani oila a’zolari bilan Samarqand shahar Mir Said Baraka ko‘chasi, 48-uy-joydan 29/100 qismida joylashgan maydoni 1183 kvadrat metr, umumiy maydoni 158,81 kvadrat metrdan tashkil topgan uy-joydan majburiy tartibda ko‘chirish, uy-joy binolari T.Sanayeva hisobidan buzdirish to‘g‘risida ijro ishi yuritilgan. Ijro hujjati yuzasidan shu kunning o‘zida ijro ishi yurituvini qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, tomonlarga yuborilgan.
Joriy yilning 29 oktyabr kuni Samarqand shahar hokimligining 670-Q sonli qarori bilan fuqaro T.Sanayevaga Samarqand shahar, Qorasuv turar-joy maskanidan 158,81 kvadrat metr bo‘sh yer maydoni ajratib berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan.
Shuningdek, 2020 yil 30 oktyabrda Samarqand shahar hokimligi tomonidan AITB “Ipoteka banki” Samarqand viloyati filialida T.Sanayeva nomiga ochilgan hisobraqamga 594.662.325 so‘m pul mablag‘lari ko‘chirib berilgan.
Shunga asosan, Samarqand shahar hokimligi tomonidan sud qarorida belgilab berilgan majburiyatlar bajarilganligi, biroq T.Sanayeva tomonidan buzilishi lozim bo‘lgan bino-inshoot buzilmayotganligi munosabati bilan 2020 yil 02 noyabrda T.Sanayevaga tegishli Mir Said Baraka ko‘chasidagi 48-uy-joyni buzish ishlari boshlangan.
Hozirgi kunda ham binoni buzish ishlari davom ettirilmoqda.
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi.