Mursi ayollarining lab disklari: fojiali o‘tmish an’anasi tarixi

Shubhasiz, siz televizorda yoki ijtimoiy tarmoqda afrikalik qizlarning lablarida g‘alati doiralar “taqib qo‘yilgan”lavhalarni ko‘rgansiz.

Odamlar ko‘pincha bu haqda ...afrikaliklar odatda tamtaroqli, dabdadali narsalarni yaxshi ko‘rishadi” degan gaplarni aytishadi. Ammo har qanday dabdabaning ham o‘z tarixi bor.

Efiopiyaning Mursi qabilasi orasida bunday plastina o‘rnatilgan ayollarning boshidagi sochiham qirib tashlanadi. Shubhasiz, bu yumushlarning ikkalasi ham ayollarni xunuk qilib qo‘yadi. Tananing bu tarzda orolanishi, shubhasiz, egasi hayotini murakkablashtiradi, bunday ko‘rinishni hatto estetik jihatdan qimmatli deb ayta olmaysiz.

Xo‘sh, Mursi qabilasi va ularning qo‘shnilarida go‘zallik noto‘g‘ri talqin qilinadimi?

Aslo, yo‘q. Bunday yo‘l tutilishining sabablari o‘tgan asrlardan kelib chiqqan va ular juda jiddiy.

O‘sha vaqtlarda qabila boshliqlari tashqi ko‘rinishi va jismoniy xususiyatlari yuqori baholangan efiop ayollarini arab qul savdogarlaridan himoya qilib, ana shunday chora ko‘ra boshlagan. Mahalliy zodagonlar Efiopiya qabilalariga bostirib kirib, O‘rta Sharq va Yevropaga sotib yuborish uchun qimmatbaho inson “tovar”larini qo‘lga kiritgan. Qizig‘i, ular ko‘pincha o‘z qabiladoshlari tomonidan qullikka sotilgan.

Doiralar o‘rnatish va soch oldirish orqali ayollarni ko‘rimsiz qilib qo‘yish Efiopiya qabilalari ayollarini qul savdogarlaridan himoya qilardi. Shu tarzda ular "likvidsiz tovarlar"ga aylangan.

Qulfurushlikkacha bo‘lgan davrdan ancha oldin, ya’ni miloddan avvalgi 6 ming yil avval yaratilgan shunga o‘xshash bezaklar nafaqat Efiopiyada, balki Sudanda ham topilgan. Ba’zi qabilalarda buhalqalar hatto yuqori ijtimoiy mavqening belgisi hisoblangan.

Qul savdosi davri tugashi bilan vaqtinchalik unutilgan bu an’ana internet davrida yana eslandi.Endilikda bu an’anani faqat Efiopiyaning eng yopiq mintaqalaridan biridagi ikki daryo oralig‘idagi tog‘lar bilan o‘ralgan joyda yashaydigan Mursi qabilasi davom ettirib kelmoqda.

Sayyohlar bu yerga kelib, mahalliy aholi bilan suratga tushishni yaxshi ko‘rishadi. Albatta, mursi xalqi bu ekskursiyalarda yaxshi pul ishlab oladi - bu ularning asosiy daromad manbai bo‘lishi mumkin.

Hozirda 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bo‘yi yetganbo‘lajak kelinlar sanaladigan mahalliy qizlarlablariga bu disklarni o‘rnatadilar. Garchi ko‘pchilik bu an’ana nima bilan bog‘liqligini eslamasa-da, ular bir-birlari bilan raqobatlashib kelishadi.

Efiopiyalik Ataya Eligidagne labiga 59,6 santimetr o‘lchamdagi disk o‘rnatgan ayol sifatida qayd etildi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.