Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

O‘zbekistonliklar mustaqillik bayramida 4 kunlik ta’tilga chiqadi. Bu mamlakat prezidentining “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” farmonida belgilangan

O‘zbekistonliklar mamlakatda Mustaqillik kuni bayramida to‘rt kungacha dam oladi. Farmonga ko‘ra, haftada besh kun ishlaydiganlar ta’tilni 31 avgustdan boshlaydi va bu 3 sentyabrgacha davom etadi. Haftada olti kun ishlaydiganlar uchun esa dam olish kunlari 1 sentyabrdan 3 sentyabrgacha davom etadi. 

Shuningdek, farmonda 2 sentyabr dushanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida ko‘rsatilgan. 3 sentyabr chorshanba kungi ish kuni esa 7 sentyabr shanba kunga ko‘chirilgan.