Mustaqillik kuni arafasida viloyat bo‘yicha 31 ta yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi

Vatanimiz mustaqilligimizning 31 yillik bayrami arafasida Samarqand viloyati tuman va shaharlarida o‘ttizdan ortiq yangi mahalla binolari foydalanishga topshirilmoqda.

Jumladan, kecha Samarqand shahri, Paxtachi, Payariq va Nurobod tumanlarida 15 ta mahalla fuqarolar yig‘ini o‘z yangi binolariga ega bo‘ldi.

Namunaviy loyihalar asosida Samarqand shahridagi “Dukchiyon” va “Anhor”, Paxtachi tumanidagi “Urg‘uch”, “Nurafshon”, "Bodoy", "Keshtali", “Mirzo Ulug‘bek”, “Nahripay” va “Bo‘ston”, Payariq tumanidagi “Fitrat”, “Turkibola” va “Bunyodkor” hamda Nurobod tumanidagi “Buloqboshi”, “Qo‘rg‘oncha” va “Yuksalish” mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun bunyod etilgan binolar zarur mebel, kompyuter jihozlari va boshqa vositalar bilan ta’minlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.