Mutaxassis maslahati: nega qahvadan keyin suv ichish tavsiya etiladi?

Organizmda suv balansini saqlash uchun qahvani suv bilan ichish tavsiya etiladi.

Har bir finjon qahva bilan taqdim etiladigan ichimlik suvining yana 4 vazifasi bor. Bular:

- retseptorlarni tozalaydi;

- qon bosimi keskin ko‘tarilishining oldini oladi, tanada kofein konsentratsiyasini kamaytiradi.

Ayniqsa, qon bosimi yuqori bo‘lganlar qahvadan keyin suv ichishni odat qilishlari zarur;

- tish emalini oqartiradi. Qahva pigmentlari tish yuzasiga o‘rnashib ulgurmasdan ularni bartaraf etadi;

- qahva oshqozonda xlorid kislotasi miqdorini oshirsa, suv bu jarayonni tartibga solib, oshqozon-ichak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, jig‘ildon qaynashining oldini oladi.

Qahva, shuningdek, qon bosimini oshirish, peshob haydash va chanqoqlik keltirib chiqarish xususiyatiga ega.