Mutaxassislar 2022 yilning eng nufuzli pasportini aniqlashdi

Davlatlar nufuzini turli yo‘llar bilan o‘lchash mumkin. Kimdir davlatlarning harbiy yoki iqtisodiy qudratini eng muhim parametr deb aytadi. Yaxshi qurollangan armiya yoki katta yalpi ichki mahsulotga ega ko‘p tuzilmali iqtisodiyot davlat uchun juda muhim.

Boshqalar esa “yumshoq kuch” haqida gapira boshlaydi va ular ham haq bo‘lib chiqadi. Yana bir nuqtai nazar - til so‘zlashuvchisi qanchalik ko‘p bo‘lsa, mamlakatning jahon miqyosidagi ta’siri shunchalik ko‘p bo‘ladi, degan taxminlar ham bor.
Pasportlar-chi? Qaysi davlatda ma’lum pasport egalariga o‘z fuqarolaridek munosabatda bo‘lib bojxona postlarini tekshiruvsiz bosib o‘tishga imkon beriladi?

Ajablanarlisi, turli davlatlar pasportlari nufuzini baholaydigan xalqaro notijorat tashkilotiga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari 2022 yilda ushbu reytingning birinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.
Reyting mexanizmi juda oddiy va shaffof. Asosiy ko‘rsatkich vazifasini egasi vizasiz rejimda chegarani kesib o‘tishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni bajaradi.

Эксперты определили самый сильный паспорт на 2022 год: кто стал чемпионом?

Ikkinchi o‘rinni Janubiy Koreya va Yevropa davlatlarining zich konglomerati (birlashmasi) baham ko‘rishdi. Ushbu davlatlar fuqarolari hech qanday muammosiz va vizasiz 173 davlatga sayohat qilishlari mumkin. Bundan tashqari, yuzdan ortiq mamlakatlarda viza prinsipial jihatdan talab qilinmaydi, ba’zilarida esa u yerga kelish vaqtida ochiladi.

Xorijiy sayohatlar uchun eng layoqati past bo‘lgan hujjat esa Afg‘oniston pasportidir: bu davlat vakillarini faqat besh mamlakat vizasiz qabul qilishga hozir, mehmon tashrif buyurishi bilan viza ochadiganlari 33 tani tashkil qiladi.

Эксперты определили самый сильный паспорт на 2022 год: кто стал чемпионом?

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.