Mutaxassislar koronavirus yuqsa qanday holatlarda o‘lim xavfi yuqori bo‘lishini ma’lum qilishdi
Italiyalik shifokorlar koronavirus bilan kasallanganida o‘lim xavfini oshiradigan kasalliklar ro‘yxatini ma’lum qilishdi. Bu haqdagi hisobot simit.org portalida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolar alohida xavf tug‘diradi. Shu bois bunday muammolari bor kishilarda infeksiya tufayli o‘lim xavfi 10,5 foizni tashkil etmoqda.
Infeksiya qandli diabet bilan kasallangan odamlar uchun o‘lim xavfi boshqalarga nisbatan 7,3 foizga yuqori.
Kuzatishlarda surunkali nafas olish yo‘llari bilan kasallanganlar uchun xavf 6,5, yuqori bosim bilan yuradiganlarda 6, saraton kasalligiga chalinganlar uchun 5,6 foizga yuqoriligi ma’lum bo‘lgan.
22 martga kelib, dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 306 395 kishiga yetgan.
Infeksiya tufayli 13031 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Infeksiyani yuqtirib olgan 92335 kishi tuzalgan.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatimizda ushbu infeksiyani 42 kishi yuqtirib olgan. Bemorlarning orasida ahvoli og‘irlari yo‘q. Ularga Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti standartlari asosida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Manba: xs.uz