Mutolaa: Xaloskor

 

Mana, o‘n sakkiz yildirki, men tish davolatish uchun do‘stim Ilhom ishlaydigan kichik bir xususiyklinikaga borib turaman.

Ilhom yoshi taxminan men bilan teng, yaxshiodam. U mendek eski mijozidan xizmat haqininomigagina oladi va tishlarimni mendan ko‘rayaxshiroq biladi, qo‘ygan plombalari ham uzoq yillar joyidan qo‘zg‘almay turadi.

Kunlarning birida kutilmaganda mentishlarim borligini his qilib qoldim, ayniqsa bitta tishim borligini...

Unga qo‘ng‘iroq qildim:

- Salom do‘stim, band emasmisan?

- Salom, qanday desam ekan...

- Tishim bezovta qilyapti, bormoqchi edim.  

-….  

- Nega jim turibsan? Qachon vaqting bo‘ladi?

- Bilasanmi, sal vaqtim yo‘qroq edi, syenga boshqa shifokorimizning telefon raqamini beraman, uni bilsang kerak, bo‘yi baland, sochioqargan, men bilan bitta xonada o‘tirardi,epchilgina, mendan ham yaxshi ishlaydi. Uzr, ko‘pgapira olmayman...  

- Xo‘p, rahmat, do‘stim, unda sendan raqam kutaman.

Chamasi yarim soatlardan keyin menga boshqa shifokorning telefon raqami va ismi ko‘rsatilgan SMS keldi. Raqamni tera boshladim, lekin negadir birdan fikrimdan qaytdim va telefonni o‘chirdim. Oxir-oqibat, agar men Ilhomga o‘rganib qolgan bo‘lsam, nega notanish shifokorga borishim kerak? Yo‘q, men boshqa birovga bormayman, Ilhomning dam olish kunlari, to‘ylari yoki boshqa ishlari tugashini kutaman. Shukrki, tishim ham u notanish oqsoch shifokordan qo‘rqib ketdi chog‘i, butunlay og‘rimay qo‘ydi.

Yana Ilhomga qo‘ng‘iroq qildim:  

- Allo, yana menman. O‘zingni kuta qolaman.Negadir boshqa shifokorga borishni xohlamayapman. Hali o‘lmagan bo‘lsang, boshqasining menga ne keragi bor?  

G‘alati bir jimlik hukm surdi, men telefonga qarab puflay ketdim, “allo”ladim, hatto baqirdimham. Ilhom faqat baland ovozda chuqur nafas olardi va jim turardi. Nihoyat u javob berdi:  

- Rostdan ham meni kutmoqchimisan?  

- Ha-da, nima bo‘pti?

- Bunday qilmaganing ma’qul, aks holda uzoq kutishingga to‘g‘ri keladi, ehtimol bir oy, balki ikki oydir, boshingni qotirmasdan, yaxshisi, men aytgan shifokorga qo‘ng‘iroq qila qol.

Aynan shu gapdan keyin negadir Ilhom hamma narsadan ham men uni kutishimni xohlayotganini his qildim. Unga qat’iy javob berdim:  

- Yo‘q, nima bo‘lsa ham kutaman. Aytgancha, qayerdasan?  

- Ha, bir ish bilan jo‘nab ketuvdim. Senhaqiqatan ham meni kutmoqchimisan?  

- Aytdimku, faqat seni kutaman deb, qo‘rqma, o‘lib qolmayman.

- Unda menga uch haftalarda... yaxshisi, to‘rt haftadan keyin qo‘ng‘iroq qil.  

Roppa-rosa bir oy o‘tgach, Ilhomga yana qo‘ng‘iroq qildim, u yana boshqa shifokorni taklif qildi, men yana rozi bo‘lmadim va biz yana bir oydan keyin qo‘ng‘iroq qilishga kelishib oldik...

Shunday qilib, besh oy o‘tdi, men sabr-toqatimni yo‘qota boshladim va ahmoqonao‘jarligimdan g‘azablandim, tishim esa boshqa shifokorga “ishora” qila boshladi. Qiziq, shuncha vaqtdan beri Ilhom qayerda yuribdi? Agar men shunday bo‘lishini bilganimda, qachonlar bunday do‘stdan voz kechgan bo‘lardim. U o‘ziga o‘xshamaydigan odam bo‘lib qolibdi.

Kutilmaganda Ilhomning o‘zi qo‘ng‘iroq qildi:  

- Salom. Hali ham meni kutyapsanmi?  

- Hoy, men emas, bechora tishim...  

- Ertaga kechqurun soat o‘nda kela olasanmi?  

- O‘nda? Nega buncha kech? Ofisingiz soat yettigacha ishlamasmidi?

- Bizga hyech kim xalaqit bermaydi. Xo‘sh, kelasanmi?  

- Mayli, o‘nda bo‘lsa o‘nda-da.

Ertasi kuni kechqurun klinikaga borishda yarim yo‘lda tirbandlikda qolib ketgan paytimda, Ilhomqo‘ng‘iroq qildi, u uzun-uzoq kechirimlar so‘radi, kulgili bahonalar qildi va “uchrashuv”ni ertasi kuni kechqurunga ko‘chirishimizni so‘radi. Negaligini bilmayman, lekin men undan xafa bo‘lmadim, shunchaki rozi bo‘ldim va uyga qaytish uchun eng yaqin burilishni izlay boshladim.

Nihoyat, o‘sha oqshom yetib keldi. Ko‘zimga ozg‘inroq bo‘lib ko‘ringan Ilhom meni har doimgidek yaxshi kutib oldi, biz bo‘sh kabinetlar bo‘ylab kreslolar va vitrinalar o‘rtasida yurib bordik. Aniq sababini tushunolmadim, lekin negadir meni men haqiqiy bemor emasligim va u haqiqiy tish shifokori emasligi haqidagi g‘alatibir tuyg‘u tark etmasdi. O‘zimizni go‘yo tunda o‘lja qidirib, boshimiz oqqan tomon izg‘ib borayotgan ikkita tajribasiz o‘g‘riga o‘xshatdim. Hatto yarim pichirlashga ham tushdim.

Ilhom meni kursiga o‘tqizdi, odatdagidek ustimga engashib turib, odatdagidek, yaltiroq temir bo‘laklari va vizillagichlari bilan boshimni silkita boshladi, hamma narsa har doimgidek edi, faqat do‘stimning peshonasi odatdagidan ko‘proq terlagan, hatto ko‘zoynagi ham dog‘lanib qolgan edi. Nihoyat, u ishini tugatdi va jiddiylik bilan dedi:  

- Tishlaringni taqillat-chi. Plomba xalaqit bermayaptimi?

- Yo‘q, hammasi yaxshi, rahmat. Mendan qancha?  

Yuzidagi doka niqobi tufayli men do‘stimyig‘layotganini darhol payqamadim.

Mening “Tinchlikmi? Nega yig‘layapsan?”, degan savolimdan so‘ng u kichkina bolalarga o‘xshabo‘kirib yig‘lay boshladi, lekin tez orada o‘zini qo‘lga olib javob berdi:

- Pul kerak emas do‘stim, o‘zim syenga har qanchapul to‘lashga tayyorman... meni... kutganing uchun.

O‘shanda, sen birinchi marta qo‘ng‘iroq qilganingda, men aytmadim, lekin o‘sha paytda men endigina operatsiyadagi narkoz behushligidan o‘zimga kelgan edim. Insultga duchor bo‘lgandim, butun chap yarimim falaj bo‘lib qoldi. Hech kim, bilasanmi hech bir zot, hatto xotinim ham kasbimga qaytish u yoqda tursin, mening to‘shakdan turib, yurib ketishimga ishonmagan edi.  

Men esa ularga: “Bekorlarni aytibsizlar, mening bemorim bor va u meni kutyapti”, deb aytdim.

Ertalabdan kechgacha trenajyorlarda mashq qildim, har kuni seni esladim va o‘yladim: “Ishqilib myeni kutayotgan bo‘lsin-da, kutayotgan bo‘lsa edi”...

Kechagi kun uchun uzr so‘rayman, men Birinchi bemor bilan qanday ishlar ekanman, agar chap qo‘lim biror bir nojo‘ya harakat qilib qo‘ysa-chi?”, deya juda hayajonlangandim. Ishonasanmi, hatto tishlarim qo‘rquvdan taqillab ketdi. O‘hh, men shifokor ekanman, men shifokorman, do‘stim, men haqiqiy tish shifokoriman? Xotinimga qo‘ng‘iroq qilib undan suyunchi olishim kerak, - dedi u xursandchilik bilan.

Ilhomning yovvoyi "Ur-r-a-a!!!"sidan, hatto shisha tokchalardagi konuslar ham billurdekjiringlash bilan javob berdi...

Ruschadan Bahora Muhammadiyeva tarjimasi.