Nabira 78 yashar buvisiga jarohat yetkazdi

Qashqadaryoda 78 yashar buvisiga temir bo‘lagi bilan jarohat yetkazgan nabira qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Shahrisabz tumanida yashovchi 31 yoshli A.N. Ammog‘on qishlog‘ida yashovchi buvisi, nafaqaxo‘r, 78 yoshli M.A.ning uyida janjallashib qolgan. Janjal vaqtida nabira buvisining boshiga temir bo‘lagi bilan urib, jarohat yetkazgan.
Natijada M.A. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.N. ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.