Nafaqat gadjetlar: olimlar bolalarning ruhiy salomatligini buzadigan mahsulotlarni ma’lum qilishdi

Bizda shunday tushuncha shakllanib qolgan: bolalar rivojlanishining eng ashaddiy dushmani televizor, kompyuter yoki telefonlar. Shu bilan birga odamlar har qanday kishini “kishanlab qo‘yuvchi” kichik narsalarni unutib qo‘ymoqda. Masalan, bolalarning ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ba’zi bir oziq-ovqat mahsulotlari e’tibordan chetda qolmoqda.

Britaniyalik sog‘lom ovqatlanish mutaxassislari yeguliklar nafaqat ovqat hazm qilish tizimiga, balki inson psixikasiga ham ta’sir ko‘rsatishini isbotlab berdi. “Daily Mail”  ushbu tadqiqot natijalarini nashr etdi.

Qayta ishlangan oziq-ovqat bolalar uchun foydali emasligi ilgari ham ma’lum bo‘lgan va bu yerda gap nafaqat ortiqcha vazn haqida ketyapti. Chipslar, shirin gazlangan suv, tez tayyorlanadigan taomlar va konfetlar depressiya va sarosimalikka olib kelishi mumkin. 

Ushbu mahsulotlarni suiiste’mol qilish ichak mikroflorasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ovqat hazm qilish va immunitet esa terining salomatligi va immunitetini saqlaydigan birinchi va asosiy himoya to‘sig‘i bo‘lmish mikrobiomaga bog‘liq.

Shuningdek, qayta ishlangan mahsulotlar tarkibidagi moddalar organizmda yallig‘lanish keltirib chiqaradi. Olimlar surunkali yallig‘lanishning ruhiy tushkunlik va tashvish bilan bog‘liqligini isbotlab berdi.

Muxtasar qilib aytganda, fastfudlar serotonin darajasini, shuningdek, organizm ishlab chiqaradigan boshqa antidepressantlarni kamaytiradi. Bu o‘z navbatida ruhiy kasalliklarning rivojlanishiga imkon tug‘diradi.

Bu e’tiborsizlik yoshi tufayli fastfudning zarari va oqibatlarini tushuna olmaydigan, ichak mikroflorasi juda sezgir hisoblanadigan bolalar va o‘smirlarning xavf ostida bo‘lish darajasini oshiradi.