Namangan "qizil" hududga, Surxondaryo "sariq" xududga kiritildi

Surxondaryo mavjud epidemiologik vaziyat tufayli “sariq”, ya’ni o‘rta xavfli hududga kiritildi.

Chunki viloyat bo‘yicha 6 may kuniga qadar 41 nafar shaxs koronavirus infeksiyasiga chalingani aniqlangan. Shu kungacha ularning 29 nafari kasallikdan butunlay sog‘aygan. 12 nafari ayni paytda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

Surxondaryo koronavirus infeksiyasiga chalinganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha respublikada to‘qqizinchi o‘rinda turibdi.

Namangan “qizil” hududga kiritildi: karantin qoidalari hozircha saqlab qolinadi.

Namangan mavjud epidemiologik vaziyat tufayli “qizil”, ya’ni yuqori xavfli hududga kiritildi. Chunki viloyat bo‘yicha 6 may kuniga qadar 230 nafar shaxs koronavirus infeksiyasiga chalingani aniqlangan va Namangan bu ko‘rsatkich bo‘yicha respublikada Toshkent shahri (668 nafar bemor), Buxoro viloyati (435) va Xorazm viloyatidan (232) keyingi to‘rtinchi o‘rinda turibdi.

Koronavirusdan o‘lim holati bo‘yicha esa (4 ta) Namangan poytaxt Toshkentdan so‘ng (5 ta) ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.