Napoleonning avtografi uchun 1 million yevro: Austerlits ostidagi jang haqida memuarlar sotuvda
Parijdagi "Arts et Autographes" galereyalaridan birida Napoleon imzolagan Austerlits jangi haqidagi yozuvlar sotilmoqda. Narxi 1 million yevroni tashkil etadi. Uning hozirgi egalari “Kim qo‘lyozmani birinchi bo‘lib qo‘lga kiritadi”, deya e’lon qildi.
Tarixchi va kolleksioner Jan-Emmanyuel Ro memuarlarni yarim asr oldin Muqaddas Yelena orolida muhojirlikda bo‘lganida fransuz imperatori shaxsan o‘zi asosiy g‘alabasi haqidagi xotiralarini diktovka qilib yozdirgan general Anri-Gasen Bertranning avlodlaridan olgan. Voqea uchinchi shaxsdan hikoya qilinadi. "Austerlits jangi" memuari sarlavhasini Napoleon o‘z qo‘li bilan imzolagan edi. Shuningdek, u 74-betdagi matnga yana o‘n bitta tuzatish kiritgan. Yozuvlarga general tomonidan ko‘chirilgan jang rejasi ilova qilinadi.
"Napoleon jangning bezakli versiyasini taqdim etadi. Buni intonatsiyadan ko‘rish mumkin. Bu o‘sha "Austerlits quyoshi", deydi noyob yozuvlar sohibining qizi va hamkasbi Alize Ro.
«G‘olib bo‘lishga yoki o‘lishga qat’iy qaror qilmagan biror zobit ham, general ham, askar ham yo‘q edi» - bu Napoleonning gapi. "Austerlitz jangi".
U yerda yana bir nechta sitatalar keltirilgan:
"Bu jasur odamlarni (jangdan keyin jang maydonida yarador bo‘lganlar) ko‘rishdek hech narsa uning yuragini bunchalik o‘rtamasdi, ular uni tanidi. Shunda azob-uqubatlarni unutib murojaat qilishdi: «G‘alaba muqarrarmi?».
«Mag‘lub bo‘lish jasur erkaklar safidan tushib qolishni anglatmaydi» (yarador rus zobitiga murojaatidan).
Napoleon armiyasi uchinchi koalitsiyaning son jihatdan ustun kuchlarini mag‘lub etdi. Fransuzlar 1,5 ming askarini yo‘qotdi, 7 mingga yaqin kishi yaralandi. Koalitsiyadagi yo‘qotishlar bundan ikki baravar edi.
May oyida Napoleon vafot etganiga 200 yil bo‘ladi. Ammo uning davriga bo‘lgan qiziqish hamon so‘ngani yo‘q. Bir necha yil oldin imperatorning uchburchak bosh kiyimlaridan biri kimoshdi savdosida deyarli 2 million yevroga sotilgan edi.
G.Xoldorova tayyorladi.