Narpay tumani g‘allakorlari davlatga 15 ming tonnadan ortiq g‘alla sotdi

Narpay tuman g‘allakorlari ham davlatga don sotish shartnoma rejasini bajardilar. 222 nafar fermer xo‘jalik tasarrufidagi 5690 gektar maydonda g‘alla yetishtirgan tuman dehqonlari 13 ming 500 tonna o‘rniga davlatga 15 ming tonnadan ortiq g‘alla sotishdi.
- G‘alla o‘rimiga o‘tganimizga bir hafta bo‘ldi va jami maydonning 60 foiz qismidagi hosilni yig‘ishtirib, davlatga g‘alla sotish shartnoma rejasini bajardik, - deydi tuman qishloq xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i Jo‘rabek Shukurov. – Hozirgacha o‘rilgan maydonlardan hosildorlik 70-72 sentnerni tashkil etdi va hali 40 foiz maydonda g‘alla bor. Haqiqatdan bu yil g‘alla uchun juda qulay yil keldi, g‘allakorlarimiz ham kasalliklarga qarshi vaqtida kurash olib bordi. Mehnatning natijasi tufayli har bir xo‘jalikda shartnomadan tashqari 60-70 tonnadan g‘alla qolyapti.
Bahriddin Xonkeldiyev.