Narpayda gaz plita ichida “opiy” saqlab kelgan shaxs aniqlandi
- 09.11.2020 12:30
- 197
- Jinoyat va jazo
Olingan tezkor ma’lumotga asosan Narpay tumani IIB va DXX tuman bo‘limi xodimlari hamkorligida Oqtosh shahri O.Abdirahimov MFYda yashovchi T.ning yashash uyida tintuv tergov harakati o‘tkazilgan.
Tekshiruv davomida ushbu shaxs yashash xonadonining mehmonxonasidagi shkaf tortmasida quruq holdagi ko‘knori giyohvandlik vositasi hamda oshxonasining gaz pechi ichidan sellofan paketga solib qadoqlangan opiy giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa