Narx-navo barqarorligi ta’minlanadi

Global iqtisodda xavf-xatarlar oshyapti. Bu sharoitda O‘zbekiston hukumati ichki bozorni muhofaza qilish, kontrabandaning oldini olish va milliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida muhim qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni olib kirish tartibi qayta ko‘rib chiqilib, yagona bojxona to‘lovi joriy etildi va aniq me’yorlar belgilandi.

Bojsiz olib kirish me’yorlari:
- havo transporti — $1000
- temiryo‘l va daryo transporti — $500
- avto va piyoda o‘tish punktlari — $300
- kurerlik jo‘natmalari — $200.

Bu me’yor kam deb o‘ylashingiz mumkin, aslida unday emas. Yevropa Ittifoqi davlatlarida bu limit — $330–480 atrofida, Turkiyada — $480 (jo‘natma: $79), Xitoyda $722 (jo‘natma: $288) miqdorida belgilangan.

Eng asosiysi, bundan qanday natija kutilmoqda?
- Milliy ishlab chiqaruvchi raqobatbardosh bo‘ladi;
- Sifatsiz va arzon import tovarlar oqimi cheklanadi;
- Narx-navo barqarorligi ta’minlanadi;
- Iqtisodiy xavf-xatarlarga qarshi himoya oshadi.