NATO yana bir bor Rossiya Qrimni tark etishi lozimligini bildirdi

Shimoliy Atlantika Harbiy Bloki (NATO) Harbiy Qo‘mitasining boshlig‘i Styuart Pich "NATO hech qachon Qrim Rossiyaniki ekanligini tan olmasligini va Rossiya Qrimni tark etishi lozimligini" ma’lum qildi. Bu haqda NATO saytida xabar berildi.

Pich "Rossiya tomoni Donetsk va Luganskdagi jangarilarga (NATOda hanuzgacha Donetsk va Luganskdagi ayirmachilarni shunday deb atashadi) harbiy yordam berishni zudlik bilan to‘xtatishi kerak" deb gapirgan va Rossiya tomonidan Kerch bo‘g‘ozida ushlangan ukrain dengizchilari zudlik bilan ozod qilishlari kerakligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg NATO hech qachon Qrimni Rossiyaning hududi deb tan olmasligini va Rossiya Qrimni Ukrainaga qaytarishi lozimligi haqida bayonot bergan edi.