Navoiyda Yangi yil archasining yonishiga nima sabab bo‘lgan?

27 dekabr kuni Navoiy markazida viloyat hokimligi yaqiniga o‘rnatilgan Yangi yil archasi yonib ketgani yuzasidan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi izoh berdi.
Qayd etilishicha, yong‘inning kelib chiqishiga yog‘ingarchilik natijasida namlangan elektr simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Markaziy archa o‘rnatilgan joyda ikkita yong‘in-qutqaruv otryadi va bitta o‘t o‘chirish avtoekipajining navbatchiligi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan soat 19:07 da kelib chiqqan yong‘in 19:21 da o‘chirilgan.