Nazarboyevning qizi Qozog‘iston prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymaydi
- 09.04.2019 15:44
- 103
- Xorij

Qozog‘iston parlamenti senati (yuqori palatasi) spikeri, mamlakat birinchi prezidenti Nazarboyevning qizi Darig‘a Nazarboyeva mamlakatda 9 iyun kuni muddatdan oldin bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida o‘z nomzodini qo‘yishni rejalashtirmayapti. Bu haqda uning yordamchisi Saula Mustafoyeva tengrinews.kz.ga xabar berdi.
«Yo‘q, Darig‘a Nursultonovna o‘z nomzodini qo‘yishni rejalashtirmayapti», - deya xabar bergan Mustafoyeva.
Ma’lumot uchun: Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi.
Eslatib o‘tamiz, bugun mamlakat prezidenti To‘qayev Qozog‘iston prezidenti lavozimi uchun muddatdan oldingi saylovlar 9 iyun kuni bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
"Shifobaxsh" olma
- Kecha, 13:46
- Mutolaa
Dunyodagi g‘ayrioddiy kinoteatrlar
- 06/09, 14:39
- O'qing, qiziq!
Noqonuniy qurilishlarga barham beriladi(mi?)
- 06/09, 10:39
- Samarqand