Nega klaviaturadagi harflar aynan shu tartibda joylashgan?

Birinchi yozuv mashinkalaridagi richag (tutqich)lar yog‘ochdan yasalgan bo‘lib,  ular juda sekin ishlagan. Bu matnni tez terish paytida harflarni qog‘ozga o‘tkazadigan literlarning bir-biriga o‘ralashib, mahkamlanib qolishiga olib kelardi. Tutqichlar trayektoriyasi  va ketma-ket bosilgan harflar bir-biriga qanchalik yaqinroq joylashgan bo‘lsa, mashinka ishi to‘xtab qolish ehtimoli shunchalik baland edi.

Yozuv mashinkasi ixtirochisi, amerikalik Kristofer Shoulz muftalar yaqinligi uncha yaqin bo‘lmagan, QWERTY (YSUKEN) tartibini o‘rnatgunga qadar ingliz alifbosidagi harflar joylashuvining 50 ga yaqin variantini sinab ko‘rilgan. 

Keyinchalik, mashinkalar takomillashtirilishi bilan tutqichlar tezligi oshib muammo yo‘qoldi. Shunga qaramasdan, eski sxemalar hanuzgacha saqlanib qolingan, chunki boshqa standartlarni joriy qilish barcha yozuv mashinkada ishlay oladiganlarni qayta tayyorlashni talab qiladi.