Nega uchuvchilar soqol qo‘ymaydi?

Yillar davomida insonning asosiy orzularidan biri qush kabi uchishni o‘rganish bo‘lib kelgan. Bu niyat 1903 yilda Amerikalik Orvil Rayt birinchi parvozini amalga oshirganida haqiqatga aylandi. Parvoz davomida u 12 soniyada 37 metrni uchib o‘tdi. Shu voqeadan keyin aviatsiya o‘z taraqqiyotida katta yutuqlarga erishdi va endi hayotimizni havo qatnovisiz tasavvur qila olmaymiz.

1. Harbiy uchuvchilar ipak ro‘mol kiygan



Aviatsiya endi rivojlana boshlagan paytlarda uchuvchilar o‘zi bilan birga ipak ro‘mol olib yurardi. Biroq bu ushbu kasbning zarurati edi. Gap shundaki, maxsus kiyim yoqasi shunchalik qattiq ediki, boshning tez-tez burilishida uchuvchilar bo‘yni qonga shilinardi. Ipak ro‘mollar esa terini ishqalanishdan asragan.

2. Samolyot salonidagi salqinlik bizning foydamizga xizmat qiladi

E’tibor bergan bo‘lsangiz, ba’zilar parvoz paytida ko‘pincha adyolga o‘ralib o‘tiradi. Hatto deraza tashqarisida yoz bo‘lsa-da, o‘zimiz bilan issiqroq kiyim olmaganimizdan afsuslanamiz. Salondagi salqin harorat aviakompaniya boshqaruvchilari tomonidan isitish tizimini tejash maqsadida emas, balki yo‘lovchilar sog‘lig‘i uchun xizmat qiladi. Chunki samolyot ko‘tarilib, bosim almashganda mavjud past harorat gipoksiya (tanada kislorodning kamayishi) xavfini kamaytiradi.

3. Uchuvchilarga soqol qo‘yish mumkin emas

Aminmizki, siz birorta soqol qo‘ygan uchuvchini uchratmagansiz. Ularga soqol qo‘yish taqiqlangan. Buning sababi favqulodda vaziyatda odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash uchun qo‘lidan kelganini qilishi zarur bo‘lgan uchuvchining yuzida kislorod niqobi juda mos turishi kerak. Boshqalarga yordam berish uchun u o‘z hushida bo‘lishi zarur.

4. Parvozlarning kechikishidan xodimlar ham aziyat chekadi

Parvozingiz kechiktirilgan bo‘lsa, styuard va styuardessalarni ayblashga shoshilmang. Bu vaziyat bortga xizmat ko‘rsatadigan xodimlar uchun ham noqulaylik tug‘diradi va parvozni kutish uchun sarflangan vaqt faqat qisman qoplanadi.

5. Boshqaruv paytida uchuvchi samolyot panelidan chetlansa bo‘ladi

Ular hatto hojatxonaga ham borishi mumkin. Bu holda styuardessa ikkinchi uchuvchining holatini kuzatish uchun uning o‘rniga o‘tiradi. Mabodo ikkinchi uchuvchi to‘satdan kasal bo‘lib qolsa, u kimnidir yordamga chaqirishi kerak bo‘ladi.

6. “Ko‘chadan kelgan” odam samolyotni qo‘ndira olmaydi

Gollivud filmlarida garchi yo‘lovchilar orasida terrorchilardan xalos qiladigan qahramon topilib, samolyotni qo‘ndirib dunyoni qutqarishini ko‘rsatishmasin, bilmagan oddiy odam samolyotni qo‘ndira olmaydi. Bu yillar davomida o‘rganiladigan butun bir fan.

7. Biroz qiziqarli statistika
- har yili 5 milliard kishi aviakompaniyalar xizmatidan foydalanadi.
- har ikki soniyada dunyoda bitta samolyot uchadi va bitta samolyot qo‘nadi.
- har kuni dunyo bo‘ylab 3 millionga yaqin odam samolyotda uchadi. Shu bilan birga dunyo aholisining atigi 5 foizi samolyotda parvoz qilgan.

Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.