Nega yozda tarvuz yeyish muhim?

Bir qarashda, tarvuz ko‘p miqdordagi suv va shakardan iboratdek. Bu xulosa qisman to‘g‘ri: tarvuz mag‘zining 92 foizini suv tashkil qiladi, ozuqaviy qiymatining 90 foizi shirin uglevodlardan iborat. Ammo bundan tashqari, tarvuzda ko‘p miqdorda S darmondorisi, kaliy, magniy, temir, fosfor, V darmondorilari va boshqa ko‘plab rezavorlar mavjud.

Chanqovbosti mahsulot

Yozning issiq kunlarida tarvuz organizmni zarur namlik bilan ta’minlaydi. Tarvuz esa muntazam suv iste’moliga ajoyib muqobildir. Ammo tarvuz tarkibida shakar ham yetarli ekanini inobatga olib, iste’molda me’yorni saqlagan ma’qul.

Tarvuz yurak uchun foydali

U "yomon" xolesterin darajasini pasaytiradi va qon tomirlari devorlari qalinlashuvini pasaytiradi. Bu yurak xurujlarining oldini olishda samarali.Tarvuz tarkibidagi boshqa darmondori va minerallar ham yurak-qon tomir salomatligi uchun foydali. Bunday kardioprotektorlarga A, V6, C darmondorilari, magniy va kaliy kiradi.

Ko‘zlaringiz ravshan bo‘lsin

Tarvuz ko‘zlar salomatligini saqlashda yordam beradi. Hatto bir bo‘lak tarvuz ham sizni A vitaminining yetarli miqdori bilan ta’minlaydi, bu ko‘z salomatligi uchun juda muhim.

Tarvuz ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, kaloriya miqdorini kamaytiradi, organizmdan toksinlar va quyqalarni chiqarishi bilan qandli diabet va yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi, metabolizm va teri holatini yaxshilaydi, jigar va buyraklarga foydali ta’sir ko‘rsatadi, qon bosimini bir me’yorda tutadi.

Tarvuzdagi V1 va V6 vitaminlari metabolik jarayonlarda ishtirok etadi, asab tizimining faoliyatini rag‘batlantiradi. Ye vitamini yana bir kuchli antioksidant bo‘lib, ayniqsa reproduktiv salomatlik uchun muhim. Vitamin V9 - foliy kislotasi, kognitiv funksiyalar uchun foydali. S vitamini antioksidant bo‘lib, qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi va immunitetni yaxshilaydi. Bundan tashqari, tarvuz tarkibida muhim aminokislotalar, makro va mikroelementlar mavjud.

Tarvuz tarkibida zararli yog‘lar va xolesterin va natriy mavjud emas.beradi.Tarvuz sharbati  bo‘g‘im kasalliklarida podagra, artrit, artrozlarda foydali.

Shunga qaramay, ayniqsa bolaga birinchi marta tarvuz berayotganda tananing individual reaksiyasi hisobga olinishi zarur. Ko‘pchilik, tarvuz hech qanday zarar keltirmasligiga ishonishadi. Aslida ham shundaymi? Surunkali buyrak kasalligi, ichak kasalliklari va qandli diabet bilan og‘rigan odamlarga ko‘p tarvuz yeyish tavsiya etilmaydi.