“Neksiya”da olib ketilayotgan sifati kafolatlanmagan mahsulotlar to‘xtatib qolindi

Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Mirzaobod tumanida harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli avtomashinasini to‘xtatishib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazishdi.

Natijada, avtomashina yukxonasidan fuqaro A.S.ga tegishli bo‘lgan 32,6 million so‘mlik 866 dona tegishli hujjatlari bo‘lmagan parfyumeriya mahsulotlari borligi aniqlandi.

Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona davom ettirilmoqda.