Nemislarni qanday qilib tozalikni saqlashga o‘rgatishgan?
Germaniyada, xususan, Shvabiyada tozalik “tug‘ma” emas, aksincha majburiy edi.
Uzoq vaqt davomida nemislar chiqindi, kul, o‘lik uy hayvonlari, suyak va yuvindilarni hovlilaridagi to‘siq orqasiga yoki to‘g‘ri kelgan joyga tashlardilar. Oqibatda ular antisanitariya sharoiti, kasalliklar va haddan ziyod ifloslangan shaharlarga ega edilar. Xo‘sh, bu qanday barham topdi?
XV asrda yoqimsiz hidlar Vyurtemberg grafining ba’diga urdi va u chorva mollari go‘ngi va chiqindilar chekkaroqqa yoki hech bo‘lmaganda daryoga (faqat tunda) oqizib yuborilishi kerak, deyilgan farmon chiqardi.
Farmon e’tiborsiz qoldi, chunki uning bajarilishini tekshirish haqiqatga to‘g‘ri kelmas, har bir omborga politsiyachi qo‘yish juda qimmatga tushar, qonun xizmatchilariga pora beruvchilar soni ham ko‘p edi.
Shunda graf yana bir farmon chiqardi. Natijada Shvabiya shaharlari to‘satdan top-toza bo‘lib qoldi. Farmonning mohiyati quyidagicha edi: agar qo‘shningiz ikki hafta davomida chiqindini olib ketmaganini sezsangiz-u, bu to‘g‘rida kerakli joyga xabar bermagan bo‘lsangiz, unda nafaqat u, balki siz ham jazolanasiz. Agar xabar bersangiz, siz uning yerining bir qismiga egalik huquqini olasiz. Natijada har shanba har bir kishi “qoralash” va qo‘shni “fitna”laridan qo‘rqib, o‘zining hovlisi oldidagi chiqindini namoyishkorona tozalay boshladi.
Bir jihatdan bu usul davlat tomonidan fuqarolarni ig‘voga majburlash va shaxsiy erkinlikka qarshi zo‘ravonlik kabi baholanishi mumkin edi. Boshqa tomondan, shvabiyaliklar tezda o‘z qishloq va shaharlarida mukammal tartibni o‘rnatdilar va ularning “Kervoxe”si madaniy merosning bir qismiga aylanib qolgan.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.