Nepalning Pokxara aeroportida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi.

Samolyotda 68 yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Pokxara Katmandkdan 200 km janubda joylashgan.

Nepal Bosh vaziri Pushpa Kamal Dahalning aytishicha, samolyot poytaxt Katmandudan Poxaraga uchayotgan edi. U barcha favqulodda xizmatlarni qutqaruv operatsiyasiga yordam berishga chaqirdi.

Nepalda dunyodagi 14 ta eng baland tog‘larning sakkiztasi, jumladan Everest ham shu yerda joylashgan bo‘lib bu ob-havoning keskin o‘zgarishi va parvozlar uchun xavfli sharoit yaratishga sabab bo‘ladi.