Radarlarda g‘oyib bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi

Jakartadan uchgan yo‘lovchi samolyoti havoga ko‘tarilgandan ko‘p o‘tmay radardan g‘oyib bo‘lgan. Bortida 62 kishi bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. Bu haqda RIA Novosti Sinxua yangiliklar agentligiga asoslanib xabar berdi.

Agentlik ma’lum qilishicha, suvga qulagan samolyot qismlari va jasadlar topilgan.

CNN Indoneziya telekanalining xabar berishicha, samolyot parchalari parvoz yo‘nalishidagi orollardan biri yaqinida topilgan. Mahalliy baliqchilar ikkita portlash ovozini eshitgani haqida aytishmoqda.

Hozircha samolyot bortida qaysi mamlakat fuqarolari bo‘lganligi haqida aniq ma’lumot yo‘q.

SJ182 reysi Jakartadan mahalliy vaqt bilan soat 14:37 da Potianakka uchgan edi. Radarlar samolyot uchganidan keyin 4 daqiqa o‘tgach, parvoz balandligi bir necha soniyada 3 ming metrdan ko‘proqqa pasayganini ko‘rsatgan.

"Boeng 737-500" 25 yildan ortiq vaqtdan beri ekspluatatsiya qilingan va 1994 yil may oyida o‘zining birinchi parvozini amalga oshirgan edi.

G.Xoldorova tayyorladi.