Pokistonda yo‘lovchi tashuvchi samolyot halokatga uchradi

Pokistonning Karachi shahrida “Pokiston havo yo‘llari”ga tegishli samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Geo telekanali xabar berdi.

Keyinchalik aviakompaniya vakili ushbu xabarni tasdiqladi. Bortida 91 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bo‘lgan Airbus A320 samolyoti halokatga halokatga uchraganini aytdi.

Reyter agentligining xabariga ko‘ra, halokat oqibatida kamida besh kishi halok bo‘lgan. Voqea guvohlarining aytishlaricha, samolyot bir nechta uyning ustiga qulagan.

Havo kemasi Laxordan Karachiga parvoz qilayotgan vaqtda qulab tushganligi aniqlangan.

Voqea joyiga AQSh tezkor guruhi yetib borgan. Ular fuqarolar ma’muriyati va besh nafar o‘t uchiruvchi guruhga o‘z yordamlarini ko‘rsatgan.