Avstriyada bortida ikki nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan samolyot halokatga uchradi
- 09.10.2023 13:27
- 110
- Xorij
Avstriyaning Karintiya federal yerining Diks shahri yaqinida o‘quv samolyotida bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halokatga uchragan. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
O‘zbekiston elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 4 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Hozirda Sloveniyadagi “Aviation Career Center” aviamaktabining 21 yoshli talabalari K.N. va A.X. hozirda Karintiya klinikalarida davolanmoqda.
O‘zbekiston diplomatlari talabalar bilan bog‘langan. Shifokorlarning xabar berishicha, K.N. va A.X.larga zarur yordam ko‘rsatilyapti.
“Elchixona Karintiya huquq-tartibot idoralari vakillari, tibbiyot muassasalari ma’muriyati va boshqa tegishli tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatdi va vaziyatni nazoratga oldi”, deyiladi bu haqdagi xabarda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Dunyodagi eng qimmat kitob
- Kecha, 19:40
- O'qing, qiziq!
Ibratli voqea: Noshukurlik
- Kecha, 19:36
- Mutolaa
Antaliyada noyob sarkofag topildi
- Kecha, 12:48
- Xorij
Muallim nega mulzam bo‘ldi?
- Kecha, 12:45
- Ta’lim