Eronning Pokistonga ilk raketa hujumi oqibatida bolalar halok bo‘ldi
- 17.01.2024 13:29
- 106
- Xorij
Berilgan zarbalar oqibatida ikki nafar bola halok bo‘lgan, uch nafari yaralangan. Bu haqda Pokiston tashqi ishlar vazirligi xabarida aytiladi.
Avvalroq Tehron Pokistondagi “Jaysh al-Adl” guruhi qarorgohiga hujum qilgan edi.
"Pokiston suverenitetini buzish mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin", deya ta’kidladi tashqi ishlar vazirligi.
Eronga qattiq norozilik bildirildi va mamlakat muvaqqat ishlar vakili Pokiston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.
16 yanvar kuni Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Pokistonning Balujiston viloyatida joylashgan “Jaysh al-Adl” (“Adolat armiyasi”) terrorchilik guruhining asosiy bazasiga uchuvchisiz samolyot va ballistik raketalar bilan hujum uyushtirgan.
Bu Eronning Pokiston hududiga birinchi raketa hujumidir.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Dunyodagi eng qimmat kitob
- Kecha, 19:40
- O'qing, qiziq!
Ibratli voqea: Noshukurlik
- Kecha, 19:36
- Mutolaa
Antaliyada noyob sarkofag topildi
- Kecha, 12:48
- Xorij
Muallim nega mulzam bo‘ldi?
- Kecha, 12:45
- Ta’lim