Nikohdan ajratish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritilganda to‘lovni kim qiladi va u qancha?
- 03.11.2022 17:11
- 790
- So'ragan edingiz
Savolga fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi Ahmadali Jo‘rayev javob beradi.
- "Davlat boji to‘g‘risida"gi qonunga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari 600 ming so‘m hamda BHMning 7 foizi miqdorida (21 ming so‘m) pochta xarajati to‘lanadi.
Ba’zida tomonlar to‘lovni kim qiladi, qabilida savollarni berishadi. Bu ham ko‘pincha to‘lov miqdorini bilmaslik oqibatida yuzaga keladi. Aytish lozimki, to‘lovlar da’vogar tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, ajrim bilan bog‘liq sud ishlarida nikohdan ajratilgandan so‘ng sud tomonlardan biriga yoki ikkisiga ham BHMning 3 baravari miqdorida FXDYoga to‘lov yuklaydi.
Takroriy nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizalar uchun to‘lovlar BHMning 4 baravari miqdorida belgilangan.