2021 yil 4 oy davomida 12 806 ta oilaviy ajrashish qayd etildi
2020 yil pandemiya sabab sud tizimi faoliyati cheklanganligi bois ajrashish uchun arizalar to‘planib qolgan va natijada joriy yil avvalida ajrimlar soni keskin oshgan.
Tahlillarga ko‘ra, 2021 yil 4 oy davomida 12 806 ta oilaviy ajrashish kuzatilgan. Bu o‘tgan davrga nisbatan 4897 taga ko‘p.
Hozirgi kungacha 30 yoshgacha bo‘lganlar orasida oilaviy ajrashish 3674 tani tashkil etadi. Bu yoshlar bilan alohida ishlashni talab etadi.
O‘rganishlarga ko‘ra, oilaviy ajrimlarga asosan er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchilik sabablari – 48,4 foizni;
➖uchinchi shaxs, qaynona-qaynota yoki qarindoshlar aralashuvi sabab sodir bo‘lgan ajrimlar – 17,4 foizni;
➖yoshlarning oila qurishga tayyormasligi tufayli – 11 foizdan oshiqroq;
➖moddiy yetishmovchilik, turmush o‘rtog‘ining ishsizligi va boshqa iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli – 6,3 foizni;
➖bepushtlik – 5,3 foizni;
➖tomonlardan biring ichkilik, giyohvand modda yoki boshqa zararli odatlargi berilishi sabab – 5,5 foizni;
➖ichki va tashqi migratsiya sabab ajralishlar – 3,5 foizni tashkil etadi.
Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Mukarram Nurmatova ma’lum qildi.