Samarqandda 105 ta oila xiyonat sababli buzilgan
Samarqand viloyati sudlarining 2021 yildagi faoliyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan brifingda viloyat sudi raisi O.Hayitov o‘tgan yil nikohdan ajratish bilan bog‘liq ishlar 2020 yildagidan 1839 taga ko‘payib, 6942 tani tashkil etganini ta’kidladi.
Lekin 3616 ta ariza qanoatlantirilib, nikoh bekor qilingan bo‘lsa, 2617 ta da’vo rad etilgan.
Nikohdan ajralish sabablari tahlil qilinganda, 125 holatda nikohlanuvchilarning oilaga tayyor emasligi, 469 holatda farzandsizlik yoki taraflardan birining farzand xohlamasligi, 105 holatda er yoki xotinning oilasiga xiyonat qilganligi, 69 holatda er yoki xotinning xorijga ishlash uchun ketishi oila buzilishiga olib kelgani ma’lum bo‘ldi.
Nikohdan ajratish bo‘yicha da’volarning 2256 tasi erlar va 1360 tasi xotinlar tomonidan sudlarga kiritilgan.
Yosh toifasi bo‘yicha ajrashganlarning 570 nafarini 18 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lganlar, 1669 nafarini 28 yoshdan 36 yoshgacha bo‘lganlar va 1377 nafarini 36 yoshdan yuqori shaxslar tashkil etgan.