Nima uchun yosh o‘tgani sari xotira yomonlashadi? Bundan qutulish imkoni bormi?
➖ Qarilik tufayli kognitiv qobiliyat susayishi, yengil kognitiv buzilishlar va demensiya xotira susayishi sabablari hisoblanadi.
➖ Qarilik tufayli kognitiv qobiliyat susayishi normal holat. Yosh o‘tgan sari inson tanasining barcha hujayralari, shu jumladan, neyronlar ham eskiradi.
➖ Yengil kognitiv buzilishlardan aziyat chekadigan odamlar ko‘p narsalarni unutishadi. Lekin baribir o‘zlari sekinlik bilan unutganlarini tiklab olishlari mumkin.
➖ Demensiya odamning xotirasini, bilim qobiliyatini va kundalik ishlarini bajarish qobiliyatini yo‘qotadigan sindrom. Demansiyaga chalingan odamlar ko‘rish, mo‘ljal olish va til qobiliyatlarini yo‘qotish bilan bog‘liq muammolarga ham duch kelishadi.
➖ Demensiya xavfini minimallashtirishning eng istiqbolli usuli bu ijtimoiy bog‘liqlikdir. Ijtimoiy izolyasiya esa demensiya xavfini 2 foizga oshiradi.
Manba: «Sog‘lom hayot».