Niqob taqib yurgan, ijtimoiy masofa saqlagan va o‘zini alohidalaganlarga koronavirus infeksiyasi yuqish ehtimoli pasayadi

- Qo‘llar uchun mo‘ljallangan elektr quritgich koronavirusni o‘ldirishi rostmi?

- Yo‘q. Qo‘llar uchun elektr quritgich COVID-19 virusini o‘ldirmaydi. Infeksiyaning oldini olish uchun muntazam ravishda qo‘llarga tarkibida spirt mavjud antiseptiklar bilan ishlov berish yoki ularni sovun bilan yuvish shart. Yuvilgan qo‘llarni qog‘oz sochiq yoki elektr quritgich yordamida quritish kerak.

***

- O‘pkani MSKTda tekshirish uchun shifokorga murojaat qilmasak ham bo‘ladi?

- O‘pkani tekshiruvini shifokor maslahatiga ko‘ra bajarish lozim. Mustaqil ravishda o‘tish tavsiya etilmaydi, unga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatma bor.

***

- Koronavirus kimlarga yuqmaydi, agar hozirgacha kasallanmaganlar bo‘lsa, undan qanday saqlanish mumkin?

- Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan bu kasallikka hamma chalinishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

Bugungi holatga to‘xtalsak, niqob taqib yurish va ijtimoiy masofa saqlash hamda imkon qadar o‘zini alohidalaganlarga yuqish ehtimoli pasayadi yoki virus organizmga tushishi kamayadi.

Odamlar bilan muloqotni cheklagan insonlarga yuqmasligi mumkin. Lekin vaqt o‘tib, har bir inson hayoti davomida bu infeksiya bilan baribir to‘qnashadi va shu davrda koronavirusning kasallik chaqirish qobiliyati kamaygan bo‘lsa, yengil kechiradi.

Savollarga respublika Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Shuhrat Boymurodov javob berdi.